Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Nurobod tumanining olis Agʼron qishlogʼida yangi MTT ochildi

Bugun Nurobod tumanining olis Agʼron qishlogʼida yangi 17-son maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Tadbirda tuman hokimi Sh.Yuldashev, viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʼi I.Jabborov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirok etib, maktabgacha taʼlim tashkilotida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Yangi ochilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti 120 nafar bolalarni qamrab olib, MTTda 30 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.
MTT zamonaviy mebellar, rivojlantiruvchi oʼyin va oʼyinchoqlar bilan jihozlangan.


Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2022 08:04;   Ko‘rilganligi: 242
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/nurobod-tumanining-olis-agron-qishlogida-yangi-mtt-ochildi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 19:28