Nurobod tumanida "Yozgi sog'lomlashtirish" oyligi doirasida seminar o'tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 24-maydagi “ Maktabgacha taʼlim tizimidagi tarbiyalanuvchilarni jismonan chiniqtirish va yozgi sogʻlomlashtirish ishlarini kuchaytirish, shuningdek, yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida” gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida 6-Maktabgacha taʼlim tashkilotida "Sport bayrami" mavzusida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Seminarda tuman xokimi oʻrinbosari N. Jaloliddinov, tuman Maktabgacha taʼlimi muasassalari boʻlimi mudiri D. Amirova, Nurobod tuman gazetasi muhbiri N.Botirova hamda tumandagi MTTlari mudiralari ishtirok etdilar.
Oxirgi o‘zgarish: 28/06/2021 16:07; Ko‘rilganligi: 280
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:49