Nurobod tumanida oʻtkazilayotgan “yoshlar festivali” doirasida tumanning “Ittifoq” mahallasida yangi tashkil etilgan 18-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar, mahalla faollari farzandlarini shunday zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanishlari uchun imkoniyat yaratganlarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Yangi ochilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 60 nafar bolalarni oʻz bagʻriga qamrab olib, maktabgacha taʼlim tashkilotida 15 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Muassasa xonalari zamonaviy mebellar, oʻquv-uslubiy, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyin va oʻyinchoqlar bilan jihozlangan.
Ushbu yangi tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Yuldashev, sektor rahbarlari faol ishtirok etishdi.
Kiritilgan vaqti: 26/09/2022 16:29; Ko‘rilganligi: 127
Chop etilgan vaqti: 02/04/2023 15:24