Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Nurobod tumanida maktabgacha taʼlimga berilayotgan eʼtibor

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi ,Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘- eʼtiborini oshirishga munosib hissa qo‘shishga qodir insonlar sifatida ulg‘ayishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu maʼnoda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida farzandlarimiz tarbiyasi,xususan,ularni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb etish ustuvor vazifalarning eng muhimi sifatida alohida tilga olinganligi ko‘nglimdagi gap bo‘ldi. Aytish joizki,Maktabgacha taʼlim sohasiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor tufayli bolajonlarimizning quvnab- yayrab o‘sishi, namunali bog‘cha tarbiyasini olishi borasidagi shart- sharoitlar yil sayin yaxshilanib bormoqda. Buni masalan, birgina bizning tumanda 15 ta davlat, 4 ta xususiy sheriklik asosidagi va 82 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatayotgani ,ularga bog‘cha yoshidagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 14212 nafar bolalarning 6205 nafari yaʼni 43 ,7 foizi qamrab olinganligida xam ko‘rish mumkin. Maktabgacha taʼlim sohasiga nodavlat sektorning kirib kelishi bilan kishi havas qiladigan tarbiya muassasalari ko‘payib borayotgani yana-da quvonchli. Davlat xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritayotgan bu maskanda tarbiyalanuvchilarga rus va ingliz tillari xam o‘rgatilmoqda. Qarangki, saxovatli tadbirkorlarimiz xar biri kam taʼminlangan oilalarning 20 nafar farzandini imtiyozli to‘lov asosida bog‘chaga qabul qildi. Murojaatnomada kelgusi yil vazifalari haqida gap borar ekan ,respublika bo‘yicha bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish va qamrov foizini 65 foizga yetkazilishi aytildi. Biz uz imkoniyatlarimizdan kelib chiqib ,2021 yilda Nurobod tuman maktabgacha taʼlim qamrov foizini 53 foizga yetkazamiz.

Tuman bo‘lim xodimlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga Murojaatnomasi o‘rganib chiqildi va munosabat bildirildi. Murojaatnomani o‘rganar ekanmiz ,maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan va rejaga kiritilgan bir qator yangiliklar,yosh avlodni tarbiyalashda taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish ,innovatsiyalarni taraqqiy ettirishda milliy va madaniy tariximizga suyanishimiz ,yoshlarni vatanparvarlik ruxida jismonan va maʼnan sog‘lom qilib tarbiyalash barchamiz uchun eng ulug‘vor vazifa hisoblanishi aytib o‘tildi . Shuningdek o‘zimizga kelgusida murojaatnoma yuzasidan dasturulamal amal qilib ,rejalar tuzib oldik.

Maktabgacha ta'lim bo'lim mudiri:                                          D.Amirova


Oxirgi o‘zgarish: 18/02/2021 06:56;   Ko‘rilganligi: 446
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/nurobod-tumanida-maktabgacha-talimga-berilayotgan-etibor
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 19:21