Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Nurobod tumani "Yuksalish" mahallasida yangi tashkil etilgan 25-son va “Jarquduq” mahallasida 26-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Bugungi kunda "Yuksalish" mahallasida 1 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, "Jarquduq" mahallasida esa 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo`lib, ushbu mahallalarda maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar soni ming nafarga yaqinni tashkil qiladi.

"Yuksalish" mahallasida 3 mlrd. 887 mln. so`mlik, "Jarquduq" mahallasida esa 4 mlrd. 800 mln. so`mlik viloyat mahalliy byudjeti mablag`lari hisobidan zamonaviy 120 o`rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolari qurib bitkazildi.
Yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy mebellar, o`quv-uslubiy, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o`yin va o`yinchoqlar bilan jihozlangan.


Kiritilgan vaqti: 27/12/2022 13:15;   Ko‘rilganligi: 131
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/nurobod-tumani-yuksalish-mahallasida-yangi-tashkil-etilgan-25-son-va-jarquduq-mahallasida-26-son-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotlarining-ochilish-marosimi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 19:32