Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Nurobod tumani “Do‘stlik” mahallasida yangi tashkil etilgan 20-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Nurobod tumani “Do‘stlik” mahallasida yangi tashkil etilgan 20-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda 1 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasa mavjud bo‘lib, maktabgacha ta'lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar soni 338 nafarni tashkil etadi.

 

"Titan stroy" MCHJ tomonidan viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 1 mrd. 331 mln so‘mlik  zamonaviy 60 o‘rinli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi qurib bitkazildi.

 

Yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviy mebellar, o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar bilan jihozlangan.

 

Tadbirda tuman hokimi Sh.Yuldashev va viloyat Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 26/09/2022 17:28;   Ko‘rilganligi: 161
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/nurobod-tumani-dostlik-mahallasida-yangi-tashkil-etilgan-20-son-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotining-ochilish-marosimi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 02/04/2023 16:10