Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Barcha Maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishtirokida Gimnastrada festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi,  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi tomonidan maktabgacha ta'lim vazirligi tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Gimnastrada” sport festivalini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan Nizomga asosan  hamda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil topganligining 2 yilligi munosabati bilan 2019 yil 10 oktyabr tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari o‘rtasida O‘zbekiston Reaspublikasi maktabgacha ta'lim Vazirligining “Siz bilan ulgayib rivojlanamiz" shiori ostida Nurobod tumanida 2-sonli maktabida  maktabgacha ta'lim bo‘limi, tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida tumandagi MTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Gimnastrada" sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival ko‘tarinki ruxda va yukori saviyada o‘tkazildi. Ushbu sport festivali bolajonlarni sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Ushbu festivalda ishtirok etgan barcha tarbiyalanuvchilar hamda tarbiyachilar diplomlar hamda  estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 15/10/2019 12:05;   Ko‘rilganligi: 841
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/barcha-maktabgacha-talim-bolimiga-qarashli-maktabgacha-talim-tashkilotlari-ishtirokida-gimnastrada-festivali-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:50