Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2019 yil 9 yanvar kuni Nurobod shaxrida joylashgan 4-son MTMda tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni »ga bag‘ishlab « Vatanga biz sodiq posbon » nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 9 yanvar kuni Nurobod shaxrida joylashgan 4-son MTMda tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida  «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni »ga bag‘ishlab  « Vatanga biz sodiq posbon » nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni boshlovchi sifatida tarbiyachi Ismoilova Gulshoda olib bordi. Tadbir avvalida bolalar bilan  harbiylar haqida savol-javob shaklida suhbat o‘tkazildi. Guruh tarbiyachisi Qozoqova Sofiya tomonidan tarbiyalanuvchilarga qo‘shimcha ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida bolalar musiqiy chiqishlar bilan kelgan mehmonlarga zavq bag‘ishlashdi. Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan Nurobod Mudofaa bo‘limi boshlig‘i bolalar bilan suhbatlashdi. Bolalar harbiylar haqida she'r va qo‘shiqlar aytib berdilar.

Tadbir yakunida bolalar xarbiylarni bayram bilan tabriklashdi. Ushbu bayram barchada katta taassurot qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 11/01/2019 12:39;   Ko‘rilganligi: 971
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/2019-yil-9-yanvar-kuni-nurobod-shaxrida-joylashgan-4-son-mtmda-tayyorlov-guruhi-tarbiyalanuvchilari-ishtirokida-14-yanvar-vatan-himoyachilari-kuni-ga-bagishlab-vatanga-biz-sodiq-posbon-nomli-bayram-tadbiri-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:13