2019 yil 7 yanvar kuni Nurobod tumani «Nurbulok» MFYda joylashgan 6-son MTMda «14-yanvar – Vatan ximoyachilari kuni»ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2019 yil 7 yanvar kuni Nurobod tumani «Nurbulok» MFYda joylashgan 6-son MTMda «14-yanvar – Vatan ximoyachilari kuni»ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochib berish uchun 6-son MTM mudirasi D.Urdoshova so‘zga chiqdi. Bayram ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Bolalar tomonidan tayyorlab kelingan she'r va qo‘shiqlar mehmonlarni xursand qildi.
Tadbirda bolalar guruxlarga bo‘linib, o‘zaro musobaqa uyushtirishdi. Musobaqalar bolalarda birdamlik va hamjihatlik kabi hislatlarni rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan ota-onalar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.
Kiritilgan vaqti: 16/01/2019 11:59; Ko‘rilganligi: 1034
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 21:01