2019 yil 11 yanvar kuni Nurobod tumani «Arabota» MFYda joylashgan 3-son MTMda «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2019 yil 11 yanvar kuni Nurobod tumani «Arabota» MFYda joylashgan 3-son MTMda «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayramni boshlovchi sifatida A.Bobonazarova olib bordi. Bayram tadbirini ochib berish uchun 3-son MTM mudirasi X.Umrzakova so‘zga chiqdi va mehmon sifatida tashrif buyurgan harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi. Ushbu bayram bolalarning ajoyib musiqiy chiqishlari bilan ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
Tarbiyalanuvchilar tomonidan sahnalashtirilgan musiqiy chiqishlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bolalar harbiy xizmatchilarga o‘xshab «Askarlar ashulasi» nomli qo‘shiqni kuylab berishdi. Ushbu chiqish harbiy xizmatchilarni juda ham xursand qilib yubordi. Bolalar askar akalari bilan suhbatlashishdi va ulardan buyuk sarkardalar haqida to‘liq ma'lumotlar olishdi.
Tadbir yakunida barcha davraga taklif qilindi. Ushbu bayram tadbiri barchada katta taassurot qoldirdi.
Kiritilgan vaqti: 27/01/2019 15:16; Ko‘rilganligi: 799
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:48