Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2018 yil 7 noyabr kuni Nurobod tumani "Nurbuloq" MFYda joylashgan 6-son MTMda "Non – eng aziz ne'mat" nomli uyg‘unlashgan mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 7 noyabr kuni Nurobod tumani "Nurbuloq" MFYda joylashgan 6-son MTMda "Non – eng aziz ne'mat" nomli uyg‘unlashgan mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot avvalida tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.Mo‘minova tomonidan bolalarga nonning qadr-qimmati va foydali xususiyatlari haqida ma'lumotlar berildi. Mashg‘ulotda non va boshqa turdagi oziq-ovqat maxsulotlari maketidan foydalanildi.

Tarbiyalanuvchilar ushbu maketlardan foydalanib meva va sabzavotlarning rasmlarini chizishdi.

Tarbiyachi va bolalar birgalikda non pishirishdi. Ushbu mashg‘ulot bolalarda ulkan taassurot qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 14/11/2018 09:24;   Ko‘rilganligi: 1258
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/2018-yil-7-noyabr-kuni-nurobod-tumani-nurbuloq-mfyda-joylashgan-6-son-mtmda-non-eng-aziz-nemat-nomli-uygunlashgan-mashgulot-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:12