Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2018 yil 7 noyabr kuni Nurobod tumani "Nurbuloq" MFYda joylashgan 6-son MTMda "Yer usti transportlari" mavzusida mujassam mashg‘ulot o‘tkazildi.

2018 yil 7 noyabr kuni Nurobod tumani "Nurbuloq" MFYda joylashgan 6-son MTMda "Yer usti transportlari" mavzusida mujassam mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot avvalida katta guruh tarbiyachisi H.Yuldosheva tomonidan yer ustida harakatlanuvchi transportlar haqida ma'lumotlar berildi. Muassasada tarbiyalanuvchi bolalar ushbu mashg‘ulotga tezda kirishib ketdilar va tarbiyachi bilan birgalikda turli xildagi mashinalarni chizib, ularga rang berishdi.

Mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilar rangli qog‘ozlardan foydalanib mashinalar yasashdi. Mashg‘ulot yakunida bolalar rag‘batlantiruvchi kartochkalar bilan rag‘batlantirildi. Ushbu mashg‘ulot bolalarda katta taassurot uyg‘otdi.


Oxirgi o‘zgarish: 14/11/2018 09:21;   Ko‘rilganligi: 854
 
Material manzili: https://nurobodmtb.uz/press/news/2018-yil-7-noyabr-kuni-nurobod-tumani-nurbuloq-mfyda-joylashgan-6-son-mtmda-er-usti-transportlari-mavzusida-mujassam-mashgulot-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:47