Davlatimiz rahbarining joriy yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqinroq hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–10-son qaroriga (https://lex.uz/uz/pdfs/6364837) ko‘ra, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida”gi kodeksi tasdiqlandi.
Bugungi kunda "Yuksalish" mahallasida 1 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, "Jarquduq" mahallasida esa 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo`lib, ushbu mahallalarda maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar soni ming nafarga yaqinni tashkil qiladi.
Nurobod tumani “Mash'al” mahallasida yangi tashkil etilgan 19-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nurobod tumani “Jarquduq” mahallasida yangi tashkil etilgan 22-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.