Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Yo'l qoidasi-umr foydasi"

Nurobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli  4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida Nurobod tuman IIB YXXG , Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Nurobod tuman Oʻquv sport texnika klubi, 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti hamkorlikda  bogʻcha tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Yoʻl qoidasi - umr foydasi !” shiori ostida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Nurobod tuman IIB YXXG katta inspektori J.Parmonov, “Vatanparvar” tashkiloti Nurobod tuman OʻSTK boshligʻi X.Qobulov, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri D.Amirova xamda № 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori N.Radjabovalar ishtirok etishdi.Tadbir davomida Nurobod tuman IIB YXXG katta inspektori J.Parmonov bolajonlarga yoʻl harakati qoidalari boʻyicha tushintirishlar berdi.Tadbirda faol qatnashgan bolajonlarga  “Vatanparvar” tashkiloti Nurobod tuman OʻSTK tomonidan sovgʻalar topshirildi.



Kiritilgan vaqti: 15/06/2021 13:04;   Ko‘rilganligi: 91
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/yol-qoidasi-umr-foydasi
Chop etilgan vaqti: 16/10/2021 03:24