Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Saxoba" MFY da joylashgan 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Suv bayrami" bo’lib o’tdi

Bugun 2021 yil 10 avgustda Nurobod tumani "Saxoba" MFY da joylashgan 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Suv bayrami" bo’lib o’tdi. Yozgi ta’tilning eng mashhur va quvnoq bayramlaridan biri bu "Suv bayrami"dir. Ushbu tadbir bolajonlarga yaxshi kayfiyat ulashish, dengiz va toza suvning xususiyatlarini o’rgatish, bolalar jamoasida uzaro ahillikni ta’minlash maqsadida tashkillashtirildi. Bolajonlar suv qiroli Neptun bobo bilan birgalikda sahnalashtirgan sahna asari tadbirga kelgan mehmonlarga xush kayfiyat bag’ishladi. Tadbirda ishtirok etgan tuman maktabgacha ta’lim bo’lim mudiri D.Amirova va DMTT rahbarlari o’z tilaklarini aytib, 13-sonli DMTT jamoasi faoliyatiga rivoj tilab, bugungi tadbir mavzusi bolajonlar va suv qahramonlari ijrosini to’liq yoritib berilganligi atib o’tdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 12/08/2021 13:01;   Ko‘rilganligi: 45
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/saxoba-mfy-da-joylashgan-13-sonli-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-suv-bayrami-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 18/09/2021 12:59