Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘idagi 14-maktabgacha ta'lim tashkiloti mahalliy byudjetdan ajratilgan 59 million so‘m evaziga rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan ushbu xayrli ish tufayli MTT o‘z bag‘riga 75 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lib, 9 nafar pedagog, 3 nafar yordamchi xodim ish bilan ta'minlandi. MTT zamonaviy mebellar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar bilan jihozlandi.


Kiritilgan vaqti: 11/11/2020 14:17;   Ko‘rilganligi: 10
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/nurobod-tumanining-oqsoy-qishlogidagi-14-maktabgacha-talim-tashkiloti-mahalliy-byudjetdan-ajratilgan-59-million-som-evaziga-rekonstruktsiya-qilinib-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 05/12/2020 11:11