Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari bolajonlar vaqtini mazmunli va unumli tashkil etishda muhim o‘rin tutmoqda

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayonida samarali tizimni tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.

2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublkasini rivojlantirishning beshta muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham bu borada ko‘plab muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Aqlvoy” loyihasi doirasida Nurobod tumanida qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda 1 ta Isuzu avtobusi negizida 6 ta guruh shakllantirish hamda davlat mablag‘lari hisobidan 2 ta Shurcha va Nurdum mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida bolalar maydonchalarini qurish va jihozlash ishlari yakuniga yetkazildi, bolalar maydonchalarini tashkil etish orqali mobil guruhlar tarmog‘i kengaytirilmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 29/07/2021 15:11;   Ko‘rilganligi: 7
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/maktabgacha-talimning-muqobil-shakllari-bolajonlar-vaqtini-mazmunli-va-unumli-tashkil-etishda-muhim-orin-tutmoqda
Chop etilgan vaqti: 30/07/2021 07:11