Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Ajdodlar jasorati-yoshlarga ibrat" shiori ostida bayram tadbiri

Xotira va qadrlash tushunchalari chuqur maʼnoga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, qolaversa o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimizni qadrlash ham farz, ham qarzdir.

9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Nurobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tumandagi YATT Musurmonova Baxtigul tomonidan tashkil qilingan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlar tomonidan tumandagi xotira maydonida joylashgan motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi.


Kiritilgan vaqti: 11/05/2021 15:24;   Ko‘rilganligi: 44
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/9-may-xotira-va-qadrlash-kuni-munosabati-bilan-ajdodlar-jasorati-yoshlarga-ibrat-shiori-ostida-bayram-tadbiri
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 14:51