Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2018 yil 20 iyul kuni Nurobod shaxrida joylashgan 4-son maktabgacha talim muassasasida 50 o‘rinli 2 ta qo‘shimcha guruh ochilish munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 20 iyul kuni Nurobod shaxrida joylashgan 4-son maktabgacha talim muassasasida 50 o‘rinli 2 ta qo‘shimcha guruh ochilish munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Nurobod tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli  4-son maktabgacha ta'lim muassasasi Nurobod shahridagi "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan. Muassasa quvvati 175 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tuman markazida maktabgacha ta'lim muassasalariga bo‘lgan talablarni inobatga olgan holda, tuman xokimining tashabbusi bilan, barkamol avlod markazining bo‘sh turgan binosi maxalliy byudjet mablag‘lari xisobidan 174 mln mablag‘ ajratilib, qayta ta'mirlandi va ushbu ta'lim muassasasiga 50 o‘rinli 2 ta qushimcha guruh tashkil etildi. Muassasada qo‘shimcha guruhlar ishga tushishi munosabati bilan 7 nafar fuqorolar ish bilan ta'minlanib, qo‘shimcha 50 nafar bolalar ta'lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Tashkil etilgan guruhlar to‘liq jixozlandi. Ushbu guruhlarga bolalar yotoqxonasi, mashg‘ulotlar xonasi va musiqa zali qayta ta'mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlandi. Jumladan, mashg‘ulotlar xonasi uchun yangi stol-stullar, shkaflar, televizor va konditsioner, bolalar yotoqxonasi uchun krovatlar va choyshablar, bolalar oshxonasi uchun idishlar jamlanmasi bilan to‘liq ta'minlandi.

2018 yil 20 iyul kuni Nurobod shaxrida joylashgan 4-son maktabgacha talim muassasasida 50 o‘rinli 2 ta qo‘shimcha guruh ochilish munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Nurobod tumani hokimi F.Zoirov ochib berdi. Tadbir davomida bolalar tomonidan turli xil kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar tuman hokimiga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.


Kiritilgan vaqti: 21/07/2018 07:42;   Ko‘rilganligi: 476
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/2018-yil-20-iyul-kuni-nurobod-shaxrida-joylashgan-4-son-maktabgacha-talim-muassasasida-50-orinli-2-ta-qoshimcha-guruh-ochilish-munosabati-bilan-bayram-tadbiri-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2020 18:12