Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2018 yil 15 sentyabr kuni Nurobod shahrida joylashgan 4-son maktabgacha ta'lim muassasasida " Umumiy ota-onalar yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 15 sentyabr kuni Nurobod shahrida joylashgan 4-son maktabgacha ta'lim muassasasida " Umumiy ota-onalar yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga muassasadagi barcha pedagog xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari qatnashdi. Yig‘ilishni 4-son MTM mudirasi N.Radjabova ochib berdi va 2017-2018-yil o‘quv yilida muassasada qilingan ishlar bo‘yicha ota-onalarga ma'lumot berdi. Yig‘ilishga Nurobod tuman DSENM vrachi G.Sulaymonova ham tashrif buyurib, " Bolalarda gijja kasalligi va virusli gepatit hamda uning oldini olish haqida " ota-onalarga tushunchalar berdi. Yig‘ilish davomida Sh.Hasanova ota-onalarga O‘zbekiston Respublikasining " Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari " hamda MTMning davlat o‘quv dasturi "Ilk qadam" bilan tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilishda ma'ruzachi M.Berdiqulova "MTM va ota-onalar bilan tuziladigan shartnoma" haqida ota-onalarga tushuncha berdi. Yig‘ilish so‘ngida ota-onalar qo‘mitasi raisi hamda a'zolari saylab olindi.


Kiritilgan vaqti: 18/09/2018 12:39;   Ko‘rilganligi: 644
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/2018-yil-15-sentyabr-kuni-nurobod-shahrida-joylashgan-4-son-maktabgacha-talim-muassasasida-umumiy-ota-onalar-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 01/12/2020 13:41