Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2018 yil 11 sentyabrda Nurobod tumani " Oqsoy" MFYda joylashgan 5-son MTMda katta guruh tarbiyachisi Shodiyeva D.ning " Mening oilam " mavzusidagi mujassam mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 11 sentyabrda Nurobod tumani " Oqsoy" MFYda joylashgan 5-son MTMda katta guruh tarbiyachisi Shodiyeva D.ning " Mening oilam " mavzusidagi mujassam mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot avvalida tarbiyachi tomonidan bolalarga oila xaqida tushunchalar berildi. Bolalar xam olib kelgan oilaviy su'ratlari orqali o‘z oilasi haqida gapirib berdilar. So‘ng mashg‘ulotni matematikaga bog‘lagan holda oila a'zolari necha kishidan iborat ekanligini aytib berishdi.

Mashg‘ulot davomida tarbiyachi tomonidan bolalarga oila a'zolari ingliz tilida qanday talaffuz qilinishi xam o‘rgatildi. Mashg‘ulot so‘ngida bolalar o‘zlari yasagan ramkalar ichiga oilaviy su'ratlarini joylab qo‘yishdi.


Kiritilgan vaqti: 08/10/2018 19:41;   Ko‘rilganligi: 1569
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/2018-yil-11-sentyabrda-nurobod-tumani-oqsoy-mfyda-joylashgan-5-son-mtmda-katta-guruh-tarbiyachisi-shodieva-dning-mening-oilam-mavzusidagi-mujassam-mashguloti-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 05/12/2020 09:55