Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurobod tumanida maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida, "Yo‘l harakati xavfsizligi — o‘z qo‘lingda" deb nomlangan ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi, muassasa  tarbiyalanuvchilari o‘rtasida, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini    targ‘ib qilish,  shuningdek,  "Yo‘l harakati qoidalari" bo‘yicha olayotgan bilimlarini mustahkamlash qoidalarini  o‘rgatishni  takomillashtirish, ongida "Yo‘l harakati qoidalari"ga  hurmatini oshirish va madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Tadbirda Nurobod tumanidagi 3-4-5-7-8-9 sonli MTM lar qatnashdi.


Kiritilgan vaqti: 30/05/2019 15:05;   Ko‘rilganligi: 374
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/news/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-munosabati-bilan-nurobod-tumanida-maktabgacha-talim-muassasalarida-tarbiyalanayotgan-bolalar-ortasida-yol-harakati-xavfsizligi-oz-qolingda-deb-nomlangan-korik-tanlov-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 05/12/2020 10:43