Xabarlar

"Yo'l qoidasi-umr foydasi"

15-06-2021 13:04   9

Nurobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli  4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida Nurobod tuman IIB YXXG , Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Nurobod tuman Oʻquv sport texnika klubi, 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti hamkorlikda  bogʻcha tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Yoʻl qoidasi - umr foydasi !” shiori ostida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

"Halqabod maxallasida yana bir quvonchli kun"

15-06-2021 12:58   10

2021-yil 11iyun kuni Samarkand  viloyati Nurobod tumani “Halqabod”  MFY, 2- sektor hududida  yashovchi YATT  Nurmurodova Dilnoza Norberdiyevna tomonidan Nurobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli  “Ilk qadam” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining  ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi. Oilaviy bogʻchaning ochilishi  bolajonlarimiz uchun ajoyib tuhfa boʻldi. Yangi ochilgan bu  bogʻchaga 25 nafar nafar bolajonlar qamrab olinib, 2 ta yangi ish oʻrni yaratildi.  

"Xayr bog'cha-salom maktab"

15-06-2021 07:46   9

Nurobod tumanidagi barcha Davlat MTTlari  650 nafar bolalarni bayramona tarzda maktab og‘ushiga yubordi. Davlatimiz rahbarining bog‘chaga qatnay olmayotgan dilbandlarimizga qaratayotgan eʼtibori natijasiz qolmadi. Maktab dasturiga tayyor, xat savodi chiqqan tarbiyalanuvchilar yangi o‘quv yiliga shay.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

02-06-2021 14:46   22

Nurobod tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri D.Amirovaning bayram tabrigi

9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Ajdodlar jasorati-yoshlarga ibrat" shiori ostida bayram tadbiri

11-05-2021 15:24   45

Xotira va qadrlash tushunchalari chuqur maʼnoga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, qolaversa o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimizni qadrlash ham farz, ham qarzdir.

"Timlik bolajonlar uchun zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi"

11-05-2021 14:52   0

Nurobod tuman 4-sektor xududi “Arabota ” MFYdagi 3-sonli MTTga Zamonaviy talablar asosida yangidan qurib bitkazilgan 25 oʻrinli bino foydalanishga topshirildi.25-oʻringa muljallangan MTTga viloyat maxalliy byudjet xisobidan 358 mln soʻm mablagʻ evaziga “Titan stroy” MCHJ binokorlari tomonidan bunyod etildi.

"Timlik bolajonlar uchun zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi"

07-05-2021 13:35   42

Nurobod tuman 4-sektor xududi “Arabota ” MFYdagi 3-sonli MTTga Zamonaviy talablar asosida yangidan qurib bitkazilgan 25 oʻrinli bino foydalanishga topshirildi.25-oʻringa muljallangan MTTga viloyat maxalliy byudjet xisobidan 358 mln soʻm mablagʻ evaziga “Titan stroy” MCHJ binokorlari tomonidan bunyod etildi.

9-fevral – buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan tumanimizda joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda

12-02-2021 13:03   86

Xususan,  tumanimizdagi  18-son  bolalar  musiqa  va  sanʼat  maktabida  “Navoiy-mangu barxayot “ nomli maʼnaviy- maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

"Nurobod tumanida maktabgacha taʼlimga berilayotgan eʼtibor"

12-02-2021 12:49   88

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi ,Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘- eʼtiborini oshirishga munosib hissa qo‘shishga qodir insonlar sifatida ulg‘ayishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu maʼnoda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida farzandlarimiz tarbiyasi ,xususan,ularni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb etish ustuvor vazifalarning eng muhimi sifatida alohida tilga olinganligi ko‘nglimdagi gap bo‘ldi . Aytish joizki ,Maktabgacha taʼlim sohasiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor tufayli bolajonlarimizning quvnab- yayrab o‘sishi, namunali bog‘cha tarbiyasini olishi borasidagi shart- sharoitlar yil sayin yaxshilanib bormoqda. Buni masalan, birgina bizning tumanda 15 ta davlat, 4 ta xususiy sheriklik asosidagi va 82 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatayotgani ,ularga bog‘cha yoshidagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 14212 nafar bolalarning 6205 nafari yaʼni 43 ,7 foizi qamrab olinganligida xam ko‘rish mumkin. Maktabgacha taʼlim sohasiga nodavlat sektorning kirib kelishi bilan kishi havas qiladigan tarbiya muassasalari ko‘payib borayotgani yana-da quvonchli. Davlat xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritayotgan bu maskanda tarbiyalanuvchilarga rus va ingliz tillari xam o‘rgatilmoqda. Qarangki, saxovatli tadbirkorlarimiz xar biri kam taʼminlangan oilalarning 20 nafar farzandini imtiyozli to‘lov asosida bog‘chaga qabul qildi. Murojaatnomada kelgusi yil vazifalari haqida gap borar ekan ,respublika bo‘yicha bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish va qamrov foizini 65 foizga yetkazilishi aytildi. Biz uz imkoniyatlarimizdan kelib chiqib ,2021 yilda Nurobod tuman maktabgacha taʼlim qamrov foizini 53 foizga yetkazamiz.

Bugun 9-fevral – buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan tumanimizda joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda

09-02-2021 14:06   68

 Xususan,  tumanimizdagi  18-son  bolalar  musiqa  va  sanʼat  maktabida  “Navoiy-mangu barxayot “ nomli maʼnaviy- maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.