Samarqand viloyati Nurobod tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2018 yil 20 iyul kuni Nurobod tumani "Arabota" MFYda 3-son maktabgacha talim muassasasi foydalanishga topshirildi.

2018 yil 20 iyul kuni Nurobod tumani "Arabota" MFYda 3-son maktabgacha talim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Nurobod tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli  3-son maktabgacha ta'lim muassasasi "Arabota" maxalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bo‘lib,  2018 yilga qadar 7-son maktabgacha ta'lim muassasasiga filial sifatida faoliyat yuritib kelgan. Ushbu muassasaga  2017 yil investitsiya dasturi asosida 1,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, kapital rekonstruksiya qilindi. Muassasaga Nurobod tumani xokimining 2018 yil 12 martdagi  №152-Q sonli qaroriga asosan aloxida 3-son maktabgacha ta'lim muassasasi maqomi berildi. Muassasa quvvati 50 o‘rinli. Muassasa ishga tushishi munosabati bilan 12 nafar fuqorolar ish bilan ta'minlanib, 50 nafar bolalar ta'lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.  Ta'lim muassasasida bolalar yotoqxonasi, mashg‘ulotlar xonasi, bolalar yozgi ayvonchalari yangidan qurilib, zamonaviy jixozlar bilan ta'minlandi. Jumladan, mashg‘ulotlar xonasi uchun yangi stol-stullar, shkaflar, yozgi ayvonchalar uchun o‘rindiqlar, bolalar yotoqxonasi uchun krovatlar   va choyshablar bilan to‘liq ta'minlandi.

2018 yil 20 iyul kuni Nurobod tumani "Arabota" MFYda 3-son maktabgacha talim muassasasi foydalanishga topshirish uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Nurobod tumani hokimi F.Zoirov so‘zga chiqib,  bayram tadbirini ochib berdi. Ushbu tadbirga "Arabota" MFYda istiqomat qiluvchi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholining barchasi tashrif buyurishdi. Tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bolajonlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar tomoshabinlar kayfiyatini ko‘tarib yubordi.


Oxirgi o‘zgarish: 23/07/2018 15:50;   Ko‘rilganligi: 509
 
Material manzili: http://nurobodmtb.uz/oz/2018-yil-20-iyul-kuni-nurobod-tumani-arabota-mfyda-3-son-maktabgacha-talim-muassasasi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2020 16:46