Самарқанд вилояти Нуробод тумани
Мактабгача таълим бўлими

Nurobod tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

2021-yil 18-iyun kuni 18-sonli musiqa va sanat maktabida  tumandagi mavjud 14 ta davlat maktabgacha taʼlim  tashkilotlari tarbiyachilari oʻrtasida koʻrik-tanlovning tuman bosqichi uch yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega 9 nafar tarbiyachilar oʻrtasida boʻlib, nizomga muvofiq 5 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi va ulardan 4 nafari gʻolib viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar va faol ishtirokchilar  diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
1-nominatsiya:
“Eng yaxshi metodist tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Egamberdiyeva Nozigul 1-oʻrinni,
2-nominatsiya:
“Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” yoʻnalishi boʻyicha 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Ergashova Guzal 1-oʻrinni,
3-nominatsiya:
 “Eng  yaxshi  gʻoya muallifi”   nominatsiyasi boʻyicha tumandagi 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti  tarbiyachisi  Orolova Xilola 1 urinni yegalladi
4-nominatsiya:
“Mohir qoʻl ustasi” nominatsiyasi boʻyicha 5-sonli maktabgacha talim tashkiloti  tarbiyachisi Tuychiyeva Zarragul 1-oʻrinni,   egalladi.


Охирги ўзгариш вақти: 21/06/2021 12:35;   Кўрилганлиги: 39
 
Материал манзили: http://nurobodmtb.uz/news/nurobod-tumanida-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovi-otkazildi
Чоп этилган вақт: 30/07/2021 07:35