Самарқанд вилояти Нуробод тумани
Мактабгача таълим бўлими

2020 Йил 16-январь куни Нуробод туманидаги "Оқсой" МФЙ да Мактабгача таълим тасарруфидаги 5-сонли Мактабгача таълим ташкилоти қайтадан қурилиб фойдаланишга топширилди.

2020 yil 16 yanvar kuni Nurobod tumanidagi Oqsoy MFY da ,,Qiyqim me'mori" Xususiy korxonasi tomonidan 3 milliard 90 million sum mablag' evaziga Nurobod tuman maktabgacha ta'lim bulimi tasarrufidagi 5 sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi.Tadbirda tuman xokimi F .Zairov, tuman prokurori R.Xakimov, Nuroniylar kengashi a'zolari va maxallaning faol oqsoqollari hamda Maktabgacha ta'lim bulim mudiri D. Amirova, bulim xodimlari, tarbiyalanuvchilarning ota onalari ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman xokimi F. Zairov oсhib berdi .Bolajonlarni va ularning ota onalarini ushbu zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini boshlahanligi bilan tabrikladi.Mazkur ta'lim tashkiloti 100 uringa muljallangan bulib, zamonaviy, davlat talablari darajasida jixozlangan.Ushbu maktabgacha  ta'lim tashkilotining ochilishi Oqsoyliklar uchun qolaversa bolajonlar uchun ajoyib sovg’a buldi.


Киритилган вақти: 17/01/2020 08:10;   Кўрилганлиги: 167
 
Материал манзили: http://nurobodmtb.uz/news/2020-yil-16-yanvar-kuni-nurobod-tumanidagi-oqsoy-mfy-da-maktabgacha-talim-tasarrufidagi-5-sonli-maktabgacha-talim-tashkiloti-qaytadan-qurilib-foydalanishga-topshirildi
Чоп этилган вақт: 05/12/2020 09:50