Самарқанд вилояти Нуробод тумани
Мактабгача таълим бўлими

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Nurobod tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri D.Amirovaning bayram tabrigi

 AZIZ BOLAJONLAR!
Sizlarni bugungi ajoyib sana - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Ushbu kun nafaqat xalqaro eʼtirof etilgan sana, balki, haqiqiy maʼnoda oʻzbek xalqining eng aziz va qadrli bayramidir.
Aziz bolajonlar! Hamisha oldingizga ulkan maqsadlar qoʻying. Hayot yoʻlida yuksak natijalarga erishgan insonlar, jumladan, oʻqishi va izlanishi bilan muvaffaqiyatlarga erishayotgan aka-opalaringiz, tengdoshlaringizni oʻzingizga namuna deb biling!
Siz yuraklarimiz ardogʻi, koʻzlarimiz nuri, shijoatimizning asosi, xonadonlarimiz fayzu barakasisiz. Biz kattalar doim baxtu saodatimizni Sizning kamolingizda koʻramiz.
Yonib turgan koʻzlaringiz hamisha quvonchdan porlab tursin, jajji qalbingiz, tanu joningiz sogʻ-salomat boʻlsin, biz, ota-onalar baxtiga hamisha bor boʻling!


Охирги ўзгариш вақти: 02/06/2021 14:55;   Кўрилганлиги: 112
 
Материал манзили: http://nurobodmtb.uz/news/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni
Чоп этилган вақт: 18/09/2021 13:51