Хабарлар

Tuman A.Temur MFY da ham YaTT Uktamova Dilnavoz Pardayevna tomonidan "Nur" nomli ONMTT tashkil qilindi

12-08-2021 14:29   61

2021 yil 12-avgust kuni Nurobod tuman Amir Temur MFY da ham YaTT Uktamova Dilnavoz Pardayevna tomonidan "Nur" nomli ONMTT tashkil qilindi. Bog’chani ochilish marosimiga tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri D.Amirova ishtirok etdi. Oilaviy bog’cha ingliz va rus tiliga ixtisoslashtirilgan bo’lib, 25 nafar bolajonlarni o’z bag’riga oldi. 2 nafar ishsiz ayollarimiz ish bilan ta’minlandi.

"Ittifoq" MFY Musaqoq qishlog’ida YaTT Qurbonova Gulnoza Pirnazarovna tomonidan "Nozanin" nomli ONMTT tashkil qilindi

11-08-2021 13:03   64

2021 yil 11-avgust kuni Nurobod tumani "Ittifoq"  MFY Musaqoq qishlog’ida  YaTT Qurbonova Gulnoza Pirnazarovna  tomonidan "Nozanin" nomli ONMTT tashkil qilindi. Qishloq sharoitida barcha qo’layliklarga ega bo’lgan bu bog’chaga 25 nafar bolajonlar qabul qilindi. Yaratilgan shart-sharoitlarni ko’rib, ota-onalar mamnunligidan tadbirkorning kelgusidagi ishlariga ham omad tilashdi. Bog’cha rus va ingliz tillarida faoliyat yuritilishi rejalashtirilgan. 2 ta ish o’rni yaratildi.

"Saxoba" MFY da joylashgan 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Suv bayrami" bo’lib o’tdi

10-08-2021 12:49   62

Bugun 2021 yil 10 avgustda Nurobod tumani "Saxoba" MFY da joylashgan 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Suv bayrami" bo’lib o’tdi. Yozgi ta’tilning eng mashhur va quvnoq bayramlaridan biri bu "Suv bayrami"dir. Ushbu tadbir bolajonlarga yaxshi kayfiyat ulashish, dengiz va toza suvning xususiyatlarini o’rgatish, bolalar jamoasida uzaro ahillikni ta’minlash maqsadida tashkillashtirildi. Bolajonlar suv qiroli Neptun bobo bilan birgalikda sahnalashtirgan sahna asari tadbirga kelgan mehmonlarga xush kayfiyat bag’ishladi. Tadbirda ishtirok etgan tuman maktabgacha ta’lim bo’lim mudiri D.Amirova va DMTT rahbarlari o’z tilaklarini aytib, 13-sonli DMTT jamoasi faoliyatiga rivoj tilab, bugungi tadbir mavzusi bolajonlar va suv qahramonlari ijrosini to’liq yoritib berilganligi atib o’tdilar.

Oqsoy MFY da joylashgan Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 5- va 14- MTT larida Yozgi sog’lomlashtirish davrida "Jajji-Malika" mavzusidagi amaliy seminarlar o’tkazildi

09-08-2021 08:41   67

2021 yil 6-avgust kuni Nurobod tumani Oqsoy MFY da joylashgan Maktabgacha ta’lim  bo’limiga qarashli 5- va 14- MTT larida Yozgi sog’lomlashtirish davrida "Jajji-Malika" mavzusidagi amaliy seminarlar o’tkazildi. Seminarda Nurobod tuman maktabgacha ta’lim bo’lim mudiri D.Amirova, DMTT rahbarlari va bo’lim xodimlari ishtirok etishdi.  Tarbiyalanuvchilarning rang-barang chiqishlari va moda olamiga sayohati tadbirga kelgan mexmonlarga zavq bag’ishladi.

4-sonli Navro’z nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Yozgi sog’lomlashtirish oyligi" munosabati bilan o’tkazilgan "Ertaklar olamida" mavzusidagi amaliy seminar tadbiri bo’lib o’tdi

05-08-2021 12:43   63

2021 yil 4-avgust kuni Nurobod tuman Maktabgacha ta’lim  bo’limiga qarashli 4-sonli Navro’z nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Yozgi sog’lomlashtirish oyligi" munosabati bilan o’tkazilgan "Ertaklar olamida" mavzusidagi amaliy seminar tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman maktabgacha ta’lim bo’lim mudiri D.Amirova, DMTT direktorlari, ONMTT tarbiyachilari  hamda bo’lim xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida DMTT ning har bir guruh tarbiyalanuvchilari tomonidan alohida-alohida sahnalashtirilgan ertaklari tadbirga kelgan mehmonlarni ertaklar olamiga olib kirdi.

8-sonli "Quyoshcha" nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Yozgi sog’lomlashtirish oyligi" munosabati bilan "Otabeklar sahnada" mavzusi asosida amaliy seminar o’tkazildi

03-08-2021 10:02   52

2021 yil 3 avgust kuni Nurobod tuman Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 8-sonli "Quyoshcha" nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Yozgi sog’lomlashtirish oyligi" munosabati bilan  "Otabeklar sahnada" mavzusi asosida amaliy seminar o’tkazildi. Tadbirda tuman maktabgacha ta’lim bo’lim mudiri D.Amirova, DMTT direktorlari, MTT tarbiyachilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida bolajonlarimiz tomonidan sahnalashtirilgan kuy va qo’shiqlar, sport musobaqalari ishtirokchilarga olam-olam quvonch bag’ishladi.

12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Davat ramzlari" mavzusida ochiq amaliy seminar o’tkazildi

29-07-2021 14:43   70

Nurobod tumanidagi 12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Davat ramzlari" mavzusida ochiq amaliy seminar karantin qoidalariga amal qilgan holda o’tkazildi. MTT dagi bolajonlarimizni har tamonlama intelektual, ahloqiy, yestetik va jismoniy  rivojlanish, ta’lim - tarbiya berish orqali  ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash  biz pedagog  xodimlarlarning eng muhim vazifamizdir.

Tadbirda MTB mudiri D.Amirova ham ishtirok etib, seminar qatnashchilari ya’ni bolajonlarga “Davlat ramzlari” haqida tushunchalar berib o’tdi.

11-sonli MTTda o’tkazilgan navbatdagi amaliy o’quv seminar “Mening mahallam - jonajon Vatanim, bog’cham – kichik uyim!” nomli no’ananaviy tadbir o’tkazildi

24-07-2021 14:36   70

O’zbekiston  Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi  2021 yil 24 maydagi "Maktabgacha ta’lim tizimidagi tarbiyalanuvchilarni jismonan chiniqtirish va yozgi sog’lomlashtirish ishlarini kuchaytirish, shuningdek, yangi o’quv yiliga puxta tayyorgarlik ko’rish to’g’risida"gi  94-sonli buyrug’i ijrosini taminlash maqsadida 2021 yil 24-iyun kuni Nurobod tuman O’rtabuz MFYdagi 11-sonli MTTda o’tkazilgan navbatdagi amaliy o’quv seminar “Mening mahallam - jonajon Vatanim, bog’cham – kichik uyim!” nomli no’ananaviy tadbir o’tkazildi.   Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Navruz Jalaliddinov, MTB mudiri D.Amirova, Tuman matbuot muxarriri N.Botirova, MTT direktorlari hamda bir qator tarbiyachi pedagoglar ishtirok etishdi.

Tuman "Sharq yulduzi" MFYda "Xumo" oilaviy uy bog’cha o’z ishini boshladi

15-07-2021 14:07   64

Nurobod tuman "Sharq yulduzi" mahalla fuqarolar yig’inida YaTT Xaqberdiyeva farog’at Suyunovna tomonidan "Xumo" nomli ONMTT o’z faoliyatini boshladi. 25-nafarga muljallangan ushbu oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotda mashg’ulotlar rus va ingliz tiliga olib boriladi. Bog’chani ochilish marosimiga tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri D.Amirova ishtirok etdi va sharoitlari bilan tanishib, uslubiy va metodik maslaxatlarini berdi.

Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari bolajonlar vaqtini mazmunli va unumli tashkil etishda muhim o‘rin tutmoqda

13-07-2021 12:41   97

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishda, ta’lim-tarbiya jarayonida samarali tizimni tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.

2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublkasini rivojlantirishning beshta muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham bu borada ko‘plab muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan.